40 yoshli erkak samolyot Toshkentga uchib kelishi vaqtida yo‘lovchi ayolga teginib, shahvoniy shilqimlik qilgan.
Sud hujjatlarida aniqlanishicha, 40 yoshli erkak 2025 yil 21 iyul kuni “Islom Karimov” nomidagi “Toshkent xalqaro aeroporti”ning uchib kelish yo‘nalishida “Moskva-Toshkent” reysi bilan uchib kelayotgan havo kemasi bortida mast bo‘la turib, o‘zi bilan bitta bortda ketayotgan yo‘lovchi L.M.ga shahvoniy shilqimlik qilib, uning ko‘kraklariga tegingan hamda o‘zining shimini yechib jinsiy a’zosini chiqargan.
Ayol esa erkakka bu harakatlarini to‘xtatishini va o‘zini to‘g‘ri tutishi kerakligini aytishiga qaramasdan, u o‘z harakatlarini davom ettirib, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etganligi ya’ni shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.
Sud majlisida erkak o‘z ko‘rsatuvida, huquqbuzarlikni tan olib, o‘sha kuni 3 bakal pivo ichganligi sababli spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lganligini, parvoz vaqtida o‘zini bilmasdan o‘zi bilan bitta bortda ketayotgan yo‘lovchi ayolni ko‘kraklariga teginib, shimini yechib jinsiy a’zosini chiqarib unga teginganligini, buni bilib turib qilmaganligini, mast bo‘lganligi sababli harakatlarini oqibatini tushunmaganligini, qilgan ishidan pushaymonligini, boshqa bu holat takrorlanmasligini, kechirim so‘raganligini bayon qilib, unga nisbatan yengillik berishni so‘radi.
Erkakka MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi bilan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.