Ijtimoiy tarmoqlarda "Shahrixon tumanida “Namangan shashlik” nomi bilan tanilgan mashhur shashlikxonada eshak go‘shti sotilayotgani” haqida tarqalgan xabar yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Shahrixon tuman bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga asosan Shahrixon tumani xududida faoliyat olib borayotgan “Rayimjon orzu baraka” MCHJ qoshidagi (Namangan shashliklari) shashlikxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
“Rayimjon orzu baraka” MCHJ qoshidagi (Namangan shashliklari) shashlikxonaga Namangan viloyati Namangan shahar xududida faoliyat yuritayotgan “Zarbdor” MCHJ qarashli qushxonada veterinariya vrachi nazorati ostida so‘yilib, so‘yish akti tuzilgan xolda, go‘shtlar veterinariya vrachi tomonidan laboratoriyadan o‘tkazilib iste’molga yaroqliligini bildiruvchi pechat qo‘yilib, maxsus transport yordamida yetkazib berilishi hamda olib kelingan go‘shtlar tayyorlov xonasida maxsus muzlatgichlarda saqlanishi aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shahrixon tumanida “Namangan shashlik” nomi bilan tanilgan mashhur shashlikxonada eshak go‘shti sotilmoqda mazmunidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan rasman tasdiqlanmagan va yolg‘on ma’lumotlarga ishonib qolmasliglarini so‘rab qolamiz.