Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Angrenda 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida voyaga yetmagan 14 yoshli qiz 4 nafar yigit tomonidan zo‘rlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu vaziyat jamoatchilik tomonidan keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Holat yuzasidan 2025 yil 9 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonlari ustidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilgan.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan alohida nazoratga olingan. Mutasaddi tashkilotlar yaqindan hamkorlikda ish olib borib, jabrlanuvchining huquqiy manfaatlari himoyalanishini ta’minlashmoqda. Ombudsman o‘z vakolati doirasida tergovga oid barcha jarayonlarni monitoring qilib bormoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan bolaning xavfsizligi va ruhiy holatini tiklash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda. Jabrlanuvchiga psixologik yordam, ijtimoiy maslahatlar va tibbiy yo‘naltirishlar berilgan. Mutaxassislar bola va uning yaqinlari bilan tizimli ravishda ishlamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda jabrlanuvchi qizga bronxopnevmaniya va anemiya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u shifoxonada davolanmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborotlar berilishi rejalashtirilgan. Davlat idoralari bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida barcha chora-tadbirlarni ko‘rishda davom etmoqda.

Kiritildi: 15:25 23.07.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!