Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Abduqodir Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘yishdan bosh tortib, “Manchester Siti” fanatlarining qalbini zabt etdi

Abduqodir Husanov “Real” futbolkasiga imzo qo‘yishdan bosh tortib, “Manchester Siti” fanatlarining qalbini zabt etdi

Abduqodir Husanov iyun oyidagi FIFA kunlari doirasida Toshkentga kelganida muxlislarga imzo tarqatda, ular bilan suratga tushdi. Ammo u “Real Madrid” futbolkasiga imzo chekib berishni so‘ragan muxlisning iltimosini rad etdi. Husanovning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda “Manchester Siti” muxlislarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.

21 yoshli futbolchi Angliyadagi porloq debyutidan so‘ng “Siti” ishqibozlari orasida juda mashhur bo‘lib ulgurdi. U 2024 yil yanvar oyida “Chelsi”ga qarshi o‘yinda maydonga tushib, Premyer-ligada to‘p surgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylangandi.

“Manchester Siti” Husanovni yanvar oyidagi transfer oynasi yopilishi arafasida Fransiyaning “Lans” jamoasidan bonuslar bilan birga 33.6 million evaziga xarid qilgan edi. Yosh markaziy himoyachi allaqachon “Real Madrid”, “Liverpul” va “Tottenxem” kabi jamoalarga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Husanovning oq rangli “Real” futbolkasiga imzo qo‘yishdan bosh tortgani “Siti” muxlislari tomonidan yurakdan qo‘llab-quvvatlandi va u yana bir bor ularning “qahramoni” sifatida namoyon bo‘ldi.

Kiritildi: 10:36 23.07.2025. O'qildi: 1740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!