Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik yosh matematiklar Singapurda o‘tgan xalqaro olimpiadada 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik yosh matematiklar Singapurda o‘tgan xalqaro olimpiadada 16 ta medalni qo‘lga kiritdi

Singapurda "Singapore International Math Olympiad Challenge" (SIMOC-2025) xalqaro olimpiadasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

"Dunyo" AAning xabar berishicha, ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini 45 nafar iqtidorli yoshlarimiz munosib himoya qildi. Ular milliy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, "Mind Sports" va "Math Warriors" kabi noodatiy formatlardagi bellashuvlarda o‘zlarining yuksak bilimlarini namoyon etdilar.

Quvonarlisi, final bosqichida O‘zbekiston yosh matematiklari 4 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, 13 nafar vakilimiz rag‘batlantiruvchi diplom, 30 nafari esa olimpiadadagi faol ishtiroki uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan "SIMOC" tashkilotchilari mamlakatimiz delegasiyasining tayyorgarligi va ishtirokini yuqori baholab, kelgusida ushbu xalqaro olimpiadaning muayyan bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Kiritildi: 16:32 09.07.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!