Kecha Qozog‘istonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-Sholak" arenasida MMA bo‘yicha Octagon 73 turniri bo‘lib o‘tdi.
Xabar berganimizdek, turnir doirasida ikki hamyurtimiz — Jasurbek Jo‘rayev hamda Begzod Ismoilov ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishdi.
Ismoilov Qozog‘iston vakili Vitaliy Chernyavskiyga qarshi kechgan bahsda TKO tufayli muddatidan ilgari imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Jasur "Tayson" esa qirg‘izistonlik Nurdinbek Zoxriddin Uuluga qarshi oktagonga ko‘tarildi. To‘liq kechgan jangda Jo‘rayev ochkolar hisobiga ko‘ra zafar quchdi.
Musobaqaning markaziy jangida qozog‘istonlik Baurjan Kuanishbayev hamyurti Rustem Muxatovni ochkolar hisobiga ko‘ra yengib, o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini saqlab qoldi.