Agentlikning Kremlga yaqin manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti harbiy harakatlarga barham berish uchun quyidagi shartlarni ilgari surmoqda:
◾️ G‘arb NATO'ning sharqqa kengayishini to‘xtatish haqida yozma majburiyatni o‘z zimmasiga olishi zarur, ya’ni Ukraina, Gruziya, Moldova va boshqa sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari alyansga a’zo bo‘lmasligi kerak;
◾️ Ukraina neytral maqomda bo‘lishi va rus tilida so‘zlashuvchi aholini himoya qilishni ta’minlashi shart;
◾️ G‘arb Rossiyaga qarshi ayrim sanksiyalarni bekor qilishi va muzlatib mamlakatning muzlatilgan aktivlari masalasini hal qilishi kerak;
Kreml pozisiyasidan xabardor manbaning so‘zlariga ko‘ra, agar Putin o‘z shartlari asosida tinchlik kelishuviga erisha olmasligini anglasa, u Ukrainaga va Yevropaga harbiy yo‘l bilan “ertangi tinchlik yanada og‘riqli bo‘lishi mumkinligi”ni ko‘rsatishga urinadi.
Manbaning aytishicha, Putin Rossiya sanksiyalar sharoitida ham "yillar davomida urush olib borishga qodir" deb hisoblaydi va agar u frontda taktik imkoniyatni ko‘rsa, Ukrainaga yanada chuqurroq bostirib kirgan bo‘lardi.
"Endilikda Putin hududlar borasida murosaga bormoqchi emas va Ukrainaning Donesk, Lugansk, Xarkov va Zaporoje viloyatlari ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritmoqchi. Rossiya prezidenti o‘z pozisiyasini keskinlashtirdi", — deya izoh berdi Reuters'ning boshqa bir manbasi manbasi.