AQSh prezidenti Donald Tramp o‘tgan hafta telefon orqali suhbatda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni Vashington va Tehron o‘rtasidagi Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan Eronga nisbatan har qanday harakatlardan tiyilishga chaqirganini ma’lum qildi.
"Men ochiq bo‘lishni xohlayman. Ha, shunday bo‘ldi," - dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga Netanyahuni ogohlantirgani haqidagi savolga javob berar ekan.
Shu bilan birga, Tramp AQSh Eron bilan "juda samarali muzokaralar olib borayotganini" ta’kidladi. "Biz Eron bilan juda samarali muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu biror natija beradimi yo‘qmi, ko‘ramiz, lekin muzokaralar yaxshi ketmoqda," - deb qo‘shimcha qildi u.
23 may kuni Rimda Eron va AQSh vakillari o‘rtasida Eron yadro dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish bo‘yicha muzokaralarning beshinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Vositachi sifatida Ummon qatnashdi. Ummon tashqi ishlar vaziri Badr al-Busaidiy "ma’lum, biroq yakuniy bo‘lmagan natijalar"ga erishilganini ma’lum qildi.