Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Putinning Ukraina urushini to‘xtatish uchun qo‘ygan qat’iy talablari oshkor bo‘ldi!

Reuters agentligi Rossiya manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun qo‘yayotgan shartlar qatorida G‘arb rahbarlaridan NATOning sharqqa kengayishini to‘xtatish va Rossiyaga nisbatan joriy etilgan ayrim sanksiyalarni bekor qilish haqida yozma majburiyat olishni talab qilmoqda.

"Putin tinchlik o‘rnatishga tayyor, biroq har qanday narx evaziga emas," - dedi nashrga suhbatdoshlardan biri.

Muzokaralar jarayonidan xabardor uchta manba ma’lum qilishicha, Putin G‘arb mamlakatlaridan NATO ittifoqini sharqqa kengaytirmaslik va shu orqali "Ukraina, Gruziya va Moldovaning ittifoqqa a’zoligini rasman istisno etish" bo‘yicha "yozma" majburiyat olishni istaydi.

Bundan tashqari, Rossiyaning talablari orasida: Ukrainaning betaraf maqomi; G‘arbning ayrim sanksiyalarini bekor qilish; muzlatib qo‘yilgan aktivlar masalasini hal etish; Ukrainadagi rus tilli aholini himoya qilish masalalari ham bor.

Shuningdek, agentlik manbalari Putinning hududiy masala bo‘yicha pozisiyasini "qat’iylashtirgani" haqida gapirdi. Endi u Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xerson viloyatlarini to‘liq Rossiya nazorati ostiga o‘tkazish to‘g‘risida oshkora talab qo‘yishni talab qilmoqda. Aslida, ularning butun hududi Moskva tomonidan bosib olinmagan.

Kiritildi: 21:50 28.05.2025. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!