Vladimir Zelenskiy Ukrainada qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Rossiyaning hujumini to‘xtatish uchun G‘arb davlatlaridan qo‘shimcha 30 milliard dollar so‘radi.
Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
"Biz to‘liq quvvat bilan ishlamayapmiz," - dedi Zelenskiy seshanba kuni Kiyevda jurnalistlarga va bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun 30 milliard dollar kerakligini qo‘shimcha qildi," - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, Zelenskiy bu summani Kiyevning harbiy maqsadlariga erishish xarajatlarining "taxminiy bahosi" deb atagan.