Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real"da Modrichdan keyin o‘ninchi raqamda kim o‘ynashi aniq bo‘ldi

"Real"da Modrichdan keyin o‘ninchi raqamda kim o‘ynashi aniq bo‘ldi

Madridning "Real" klubida Luka Modrich ketganidan keyin 10-raqamda kim harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.

Xorvat klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, "qaymoqranglilar" safini tark etadi. Jurnalist Edu Agirrening yozishicha, "qirollik klubi" allaqachon Modrich ketganidan keyin o‘ninchi raqamni Kilian Mbappe olishiga qaror qilgan. Eslatib o‘tamiz, fransiyalik hujumchi "Real"dagi debyut mavsumini to‘qqizinchi raqam ostida o‘tkazgan edi.

Luka Modrich 2012 yildan buyon Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. U klubni erkin agent sifatida tark etadi.

Kiritildi: 09:30 27.05.2025. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!