Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Berlindan "uzoq masofali salom"

Berlindan "uzoq masofali salom"

Germaniya va Ukraina mudofaa vazirlari - Boris Pistorius va Rustem Umerov Berlinda Ukrainada uzoq masofali qurollar ishlab chiqarishni Germaniya tomonidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

Bu haqda 28 may kuni Germaniya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ukraina Qurolli Kuchlariga yangi yordam umumiy miqdori taxminan besh milliard yevroni tashkil etadi. Mablag‘ Bundestag tomonidan allaqachon tasdiqlangan jamg‘armalardan ajratiladi.

"Kelajakda Germaniya Ukrainada uzoq masofali qurol tizimlarini ishlab chiqarishni moliyalashtiradi. Ikkala vazir ham Berlinda bu haqda yozma ravishda kelishib olgan," - deya ta’kidlandi Germaniya mudofaa vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bayonotda.

Vazirlik aniqlik kiritishicha, dastlabki bunday tizimlar yaqin haftalar ichida joylashtirilishi mumkin.

Bundan tashqari, Ukraina mudofaa vaziri va Germaniyaning Diehl Defence mudofaa kompaniyasi Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari ishtirokida yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladilar.

Kiritildi: 20:28 28.05.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!