Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik taniqli shou biznes vakili MMAda debyut qiladi

O‘zbekistonlik taniqli shou biznes vakili MMAda debyut qiladi

19 oktyabr kuni Qozog‘istonning Turkiston shahridagi Karavay Saran Arena majmuasida MMA bo‘yicha Alash Pride 113 turniri o‘tkaziladi.

E’tiborlisi, turnirda o‘zbekistonlik san’atkor, so‘z ustasi Elmurod Haqnazarovning ham ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Turnir uchun chiqarilgan rasmiy posterdan shu narsa ko‘rinib turibdiki, bu shunchaki so‘z ustasi sifatidagi ishtirok bo‘lmaydi.

Farg‘onalik 38 yoshli Haqnazarov uchun bu aralash yakka kurashdagi debyut jangi bo‘ladi va u rossiyalik Maksim Silenkoga qarshi oktagonga chiqadi. Hamyurtimiz bir necha oydan beri professional tarzda erkin kurash bilan shug‘ullanib kelyapti.

O‘zbekistonlik taniqli shou biznes vakili MMAda debyut qiladi

Kiritildi: 23:30 10.10.2025. O'qildi: 3237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!