Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon sport o‘yinlarida 11 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Butunjahon sport o‘yinlarida 11 ta medal qo‘lga kiritdi

7-17 avgust kunlari Xitoyning Chengdu shahrida Butunjahon sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegasiyasi 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medal jamg‘arib, 118 mamlakat orasida 26-natijani qayd etdi.

Asosan noolimpiya sport turlari bo‘yicha tashkil etgan mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz sambo, ushu va kikboksing sport turlarida shohsupaga ko‘tarildilar.

Butunjahon sport o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari:

Oltin medallar

Gulsevar O‘roqova - sambo (-54 kg)

Shahzoda Azatova - sambo (-59 kg)

O‘zbekiston sambo ayollar terma jamoasi

Kumush medallar

Feruza Boboqulova - sambo (-65 kg)

Mavluda Abdullayeva - sambo (-80 kg)

Darya Latisheva - ushu taolu

Bronza medallar

Asilbek Sodiqov - kikboksing K1 (63,5 kg)

Husanxon Baratov - kikboksing K1 (+91 kg)

O‘zbekiston sambo erkaklar terma jamoasi

Madinabonu Salohiddinova - sambo (-72 kg)

Sharif Kushayev - sambo (-79 kg)

Kiritildi: 23:28 18.08.2025. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!