Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada "kirakashlar" bir biriga bolta bilan hujum qildi

Farg‘onada "kirakashlar" bir biriga bolta bilan hujum qildi

Internetda tarqalgan Uchko‘prik tumanidagi avtoturargohda janjal bo‘lganligi haqidagi xabar viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 1 oktyabr kuni tumanidagi avtoshohbekatda 2000 yilda tug‘ilgan O‘qchi mahallasida yashovchi fuqaro I.I. tanishi 1998 yilda tug‘ilgan Achchiqo‘l mahallasida yashovchi S.Q. bilan o‘rtalarida oldindan mavjud bo‘lgan nizo yuzasidan gaplashib olish uchun, tanishi, Qo‘qon shahar Shaldiramoq mahallasida yashovchi M.A. bilan birga kelgan va janjallashib, sovuq qurol yordamida S.Q.ga tan jarohati yetkazishgan. Janjalga S.Q.ning tanishi Qo‘qon shahar To‘xlimergan mahallasida yashovchi B.M. aralashib, o‘zining “Equinox” avtomashinasida M.A.ni bosib ketgan.

Oqibatda, S.Q va M.A.lar shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 orqali 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqeaga aloqador shaxslarni ushlash chorasi ko‘rilgan. Albatta qonun ustuvorli ta’minlanadi.

Kiritildi: 11:31 03.10.2025. O'qildi: 1009 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!