Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Men xalq tomonidan belgilangan muddatga saylangan prezidentman"

"Men xalq tomonidan belgilangan muddatga saylangan prezidentman"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» xalqaro klubi yig‘ilishida ayrim davlatlar yadroviy sinovlarga tayyorlanayotganini ma’lum qildi va Moskva bu holatda «ko‘zgu kabi javob qaytarishga» tayyorligini bildirdi.

«Kimdir bunday sinovlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biz buni ko‘rib turibmiz, bilamiz. Agar ular buni amalga oshirsa, biz ham xuddi shunday yo‘l tutamiz», — dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya eng zamonaviy yadroviy arsenalga ega. Shu bilan birga, u taktik yadroviy qurollar 1945 yili Xirosima va Nagasakiga tashlangan bombalardan bir necha barobar kuchli ekanini eslatib o‘tdi.

Bundan avvalroq Putin Tomahawk turkumidagi raketalar haqida fikr bildirib, ularni «kuchli, lekin ancha eskirgan va shunga qaramay tahdid soluvchi qurol» deb atagan edi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqaro «Valday» klubida qator muhim bayonotlar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo endi bir qutbli emas. G‘arb uzoq vaqt «odnopolyar» tizimni saqlashga harakat qildi, ammo bu model endi ishlamaydi. Rossiya esa o‘z manfaatlarini qat’iy himoya qiladi. Putin Kiyevni muzokaralarga chaqirdi, ammo ukrain elitasini «o‘z xalqini o‘limga yuborib, o‘zi chetda turganlikda» aybladi. Yevropaning hozirgi siyosatini u «qo‘rquv va manipulyasiyalarga asoslangan» deb atadi, blok tizimlarini esa eskirgan shakl sifatida baholadi.

Putin o‘zini imperator yoki Aleksandr I bilan qiyoslamasligini aytdi: «Men — xalq tomonidan belgilangan muddatga saylangan prezidentman», dedi u.

Kiritildi: 21:55 03.10.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!