Bugun 4 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qidiruvdagi shaxs tibbiy ko‘rikka tashrif buyurdi...

Qidiruvdagi shaxs tibbiy ko‘rikka tashrif buyurdi...

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p vaqtlardan buyon aliment qarzdorligini to‘lamasdan yurgan ota o‘zining sog‘ligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun tumandagi shifoxonalarning biriga borayotgani haqidagi xabarlar, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlariga kelib tushdi.

Qarzdor ota 60 mln. so‘mlik aliment qarzini to‘lamay, chet davlatga ishlash uchun chiqib ketgan. Sud qarori chiqqandan so‘ng esa u qidiruvga berilgan.

Ammo tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, u vaqtincha o‘z uyiga qaytgani ma’lum bo‘ldi. Shunda qidiruv xodimlari noodatiy yo‘l tutdi va shifoxonaga kelgan qarzdor otaga dastlab, o‘zini “shifokor” deb tanishtirib, uni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi uchun alohida xonaga taklif etdi.

Tibbiy ko‘rik davomida, qarzdor shaxsga Byuro xodimlari o‘zlarini tanishtirib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilinganligini va ijro harakatlarini davom ettirish uchun Byuroning tuman bo‘limiga taklif etishdi.

Qarzdor fuqaro esa, “Sizlarni deb shifoxonaga ham borolmas ekanimizda” deb, gina ham qilib qo‘ydi

Hayotda ham kino kabi voqealar bo‘ladi.

Bu qiziqarli voqeadir, lekin ota bo‘lish oson, ammo otalik qilish qiyin!

Kiritildi: 11:40 03.10.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!