Norvegiya Rossiya bilan chegaradosh Norvegiyaning Finnmark shahrida o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida bedarak yo‘qolgan besh nafar muddatli harbiy xizmatchini qidirmoqda.
Bu haqda polisiyaga tayanib, TV2 xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, Finmarkaning huquq-tartibot idoralari qidiruv ishlarini boshlagan. Dastlab 10 nafar askar yo‘qolgan, ammo ulardan besh nafari sog‘-omon topilgan.
Polisiya so‘zlovchisi Yorgen Xyouklann Xansenning so‘zlariga ko‘ra, topilgan besh kishidan uchtasi kelishilgan uchrashuv joyiga yetib borgan, yana ikkitasi vertolyotda topilgan. Qolgan askarlarni qidirish davom etmoqda, dronlar va itlardan foydalanilmoqda.
Polisiyaning fikricha, bedarak yo‘qolgan askarlar uchrashuv joyini adashtirgan bo‘lishi mumkin. Yana bir variant - baxtsiz hodisa.
Ta’kidlanishicha, mashq uzoq vaqt davomida aniqlanmasdan qolishni mashq qilish uchun mo‘ljallangan.