Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi fermerlarga IIB xodimlari tomonidan bosim o‘tkazilgani va ularning huquqlari buzilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berildi.
Fermer xo‘jaliklari mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ekti sanaladi hamda ularning erkin faoliyati qonun bilan kafolatlangan. Asossiz tazyiq yoki zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
📝 Biznes-ombudsman davlat organlarini tadbirkorlarga nisbatan qonunga zid harakatlardan tiyilishga chaqirdi.
Hozirda mazkur holat Biznes-ombudsman devoni tomonidan o‘rganilmoqda.