Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlash uchun tayyorlanadi

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlash uchun tayyorlanadi

Joriy yilning sentyabr oyidan o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi mutaxassislarini Chexiyada ishlashga tayyorlash va ularni davlat hamda xususiy klinikalarga ishga joylashtirish dasturi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda ikki mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ma’lum qilindi.

Mazkur kelishuv Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning O‘zbekistonga tashrifi doirasida boshlangan hamkorlikning amaliy davomi sifatida baholanmoqda.

Migrasiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi vakillari hamda Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislarini Chexiya mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlash uchun tayyorlanadi

Tomonlar kelishuviga ko‘ra, nomzodlar chex tiliga o‘qitiladi, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi hamda Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida yuqori malakali lavozimlarga ishga joylashtiriladi.

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlash uchun tayyorlanadi

Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, diplom va kasbiy malakalarni o‘zaro tan olish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyada ishlash uchun tayyorlanadi

Ma’lum qilinishicha, ushbu dasturni amalga oshirish ishlari 2026 yil sentyabr oyidan boshlanadi. Bu esa o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarining Chexiyada rasmiy asosda mehnat faoliyatini boshlashi uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Kiritildi: 15:22 20.07.2026. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!