Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik himoyachi Tojikiston sovrindori safiga borib qo‘shildi

O‘zbekistonlik himoyachi Tojikiston sovrindori safiga borib qo‘shildi

Tojikiston chempionatida to‘p tepadigan legionerlarimiz yana bir nafarga ko‘paydi.

O‘tgan mavsumda "Mash’al" bilan Pro ligada g‘olib chiqqan Asiljon Begimqulov faoliyatini Tojikiston chempionati kumush medali sohibi "Xo‘jand" safida davom ettiradi. Tomonlar 2025 yilning 31 dekabr sanasigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur jamoa Begimqulovga begona emas. U 2019 yil "Xo‘jand" libosida harakat qilgan.

Kiritildi: 11:17 08.02.2025. O'qildi: 1046 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!