Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirildi

O‘zbekistonlik haydovchilarning Rossiyada bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirildi

Endilikda xalqaro logistikada ishtirok etayotgan boshqa MDH davlatlari kabi O‘zbekiston fuqarolari ham Rossiya hududida avvalgidan 2 baravar ko‘proq vaqt davomida bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya Federasiyasi hukumati xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshiruvchi professional haydovchilar uchun mamlakatda vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirishga qaror qildi.

Buning natijasida endilikda xorijiy haydovchilar, shu jumladan, o‘zbekistonliklar ham Rossiya hududida kalendar yili davomida avvalgi 90 kun o‘rniga 180 kungacha qolishlari mumkin bo‘ladi. Yangilik 2026 yil 30 iyundan kuchga kiradi.

Qaror chet el fuqarolarining alohida toifasiga - xalqaro logistika bilan shug‘ullanuvchi professional haydovchilarga taalluqlidir.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federasiyasida bo‘lish muddatini uzaytirish masalasi avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi hukumat komissiyasi ishtirokidagi "Ochiq muloqotlar" davomida biznes vakillari tomonidan bir necha bor ko‘tarilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, tashabbus O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ishtirokida hukumatlararo darajada ishlab chiqilgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi identifikasiya uchun haydovchi shaxsini tasdiqlovchi va xalqaro tashishni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda Rossiya Federasiyasiga kirish va bo‘lish uchun ariza yuborishi kerakligini ma’lum qildi, shuningdek, ariza topshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnomani e’lon qildi.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!