Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoy AQSh sanksiyalarini bajarishdan bosh tortdi

Xitoy AQSh sanksiyalarini bajarishdan bosh tortdi

Xitoy rahbariyati AQShning XXRdagi beshta neft kompaniyasiga qarshi kiritgan sanksiyalarini tan olish va ijro etishni taqiqladi.

Tegishli qaror Xitoy Tijorat vazirligi tomonidan e’lon qilindi.

«Sanksiyalar... tan olinmasligi, qo‘llanilmasligi yoki ularga rioya qilinmasligi kerak», — deyiladi nashr qilingan hujjatda.

Gap «Hengli Petrochemical (Dalian)», «Shandong Jincheng Petrochemical Group», «Hebei Xinhai Chemical Group», «Shouguang Luqing Petrochemical» va «Shandong Shengxing Chemical» korxonalariga qarshi qaratilgan cheklovlar haqida bormoqda.

Kiritildi: 23:48 02.05.2026. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!