Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Bu haqda Fars axborot agentligi Tehron armiyasi markaziy qo‘mondonligining yuqori martabali mulozimi Muhammad Ja’far Asadiyning bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasida harbiy harakatlarning qayta boshlanishi "katta ehtimol" deb baholanyapti. Asadiy Qo‘shma Shtatlarni kelishuvlarga amal qilmaslikda ayblab, Eron qurolli kuchlari amerikaliklarning har qanday "yangi hujumlariga" to‘liq shay ekanini bildirdi.

Ushbu ogohlantirish Donald Trampning Tehron tomonidan vositachi Pokiston orqali taqdim etilgan yangi tinchlik taklifidan qanoatlanmagani haqidagi so‘zlaridan keyin paydo bo‘ldi. Tramp muzokaralarning to‘xtab qolganini Eron rahbariyati ichidagi ichki kelishmovchiliklar bilan izohlagan edi. Tehron tomoni esa Vashingtonning harakatlari va bayonotlarini neft narxi tushib ketmasligiga qaratilgan siyosiy bosim deb atamoqda.

Kiritildi: Bugun 20:37. O'qildi: 722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!