Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda transmilliy jinoiy guruh a’zosi 46 kg gashish bilan ushlandi

Qashqadaryoda transmilliy jinoiy guruh a’zosi 46 kg gashish bilan ushlandi

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlar hududi orqali juda ko‘p miqdorda narkotik modda olib kirishga urinishning oldi olinib, transchegaraviy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muqaddam sudlangan 62 yoshli shaxs Shahrisabz tumanidagi dala maydoniga ko‘mib qo‘yilgan qopdan 45 kg 768 gramm gashishni olib, o‘z mashinasiga ortayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxs transmilliy jinoiy guruhning O‘zbekistondagi tashkilotchilaridan bo‘lgan. U 2008 yildan buyon xalqaro jinoiy uyushma tuzgan holda muntazam ravishda narkotik moddalarni qo‘shni davlatlar orqali O‘zbekistonga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV shubhali shaxslar va noqonuniy faoliyat haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan stopnarko_bot Telegram boti orqali xabar berishni so‘radi.

Kiritildi: Bugun 14:30. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!