Bugun 2 may, 2026 yil, shanba

КИР

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Dunyoning eng yakkalangan mamlakatlaridan biri hisoblangan Turkmanistonda so‘nggi paytlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Ashxobodda Azat Seyitmuhammedov tomonidan asos solingan "Wabrum" kabi elektron tijorat startaplarining paydo bo‘lishi bu sohaning mamlakatda rivojlana boshlaganidan dalolat beradi.

Agentlikning xabar berishicha, Turkmaniston hukumati cheklovlar saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da, texnologik innovasiyalar va ijtimoiy o‘zgarishlarga kengroq yo‘l ochib berdi.

​1991 yilda mustaqillikka erishgach, birinchi prezident Saparmurat Niyozov davrida mamlakat "doimiy neytral" deb e’lon qilingan va dunyodagi eng qat’iy viza rejimlaridan biri joriy etilgan edi. Ammo 2022 yilda Serdar Berdimuhamedov hokimiyatga kelgach, viza tartibini soddalashtirish, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va iqtisodiyotni tarmoqlashtirish borasida intilishlar boshlandi. G‘arb diplomatlari boshqaruv elitasida islohotlarga bo‘lgan qiziqish ortganini va shaxsiy erkinliklar bir oz kengayganini qayd etdi.

​Shu bilan birga, Turkmaniston jamiyatida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Internetning sekinligi va senzuraga qaramay, yoshlar orasida VPN orqali Instagram va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ommalashdi. Savdo markazlarida o‘smirlar TikTok uchun videolar oldi, sport maktablarida esa breyk-dans kabi zamonaviy yo‘nalishlar rivojlandi. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatda siyosiy nazorat hamon qat’iyligicha qolmoqda va iqtisodiyotda dollarning ikki xil kursi mavjudligi xorijiy investorlar uchun qiyinchilik tug‘diryapti, deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 17:46. O'qildi: 461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!