Bugun 3 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada 15 kg gashish bilan qo‘lga olindi

O‘zbekistonlik erkak Rossiyada 15 kg gashish bilan qo‘lga olindi

Rossiyaning Sankt Peterburg shahri Kirov tumanida o‘zbekistonlik erkak 15 kilogram gashish bilan qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

“Kola” trassasining 42-kilometrida standart tekshiruv uchun CHERY TIGGO avtomobili to‘xtatilgan. Rulda Sankt Peterburgda istiqomat qiluvchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

Polisiyachilar bilan suhbat chog‘ida muhojir sezilarli darajada bezovtalangani inspektorlarda shubha uyg‘otgan. Natijada ular haydovchini hamda uning avtomobilini sinchkovlik bilan tekshirishga qaror qilgan. Polisiyachilar yukxonadan narkotik moddalarni topgan.

O‘zbekistonlik haydovchi narkokurer sifatida ishlayotganini tan olgan. Umumiy og‘irligi deyarli 15 kilogramm bo‘lgan musodara qilingan ashyo ekspertizaga yuborilgan.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki jo‘natishga urinish bo‘yicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Migrant hibsga olingan.

Hozirda taqiqlangan moddalarni yetkazib berish yo‘llari aniqlanmoqda, shuningdek, jinoyatda ishtirok etganlarning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 18:35 31.01.2025. O'qildi: 1303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!