Ukraina hududidagi harbiy mojaro chog‘ida Ukraina tomonida jangovar harakatlarda qatnashgan 92 nafar AQSh fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda The New York Times Ukraina tarixi muzeyi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, Ukraina armiyasiga jami «mingdan bir necha minggacha» amerikalik qo‘shilgan bo‘lishi mumkin.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, urushda qatnashgan amerikaliklar orasida asosan iste’fodagi harbiylar bo‘lib, ular ukrainalik harbiylar bilan teng xizmat qilgan va bir xil to‘lov olgan: oyiga taxminan ming dollar asosiy maosh va 3 ming dollargacha jangovar ustamalar.
Ukraina armiyasiga AQSh fuqarolarining asosiy oqimi 2022 yildagi mojaroning dastlabki oylarida kuzatilgan. Gazetaning ta’kidlashicha, mojaroga Ukraina tomonida qo‘shilgan amerikaliklar orasida nafaqat sobiq harbiylar, balki tinch aholi vakillari, shuningdek, ayollar, jumladan, tibbiyot xodimlari ham bor.
Ukraina Mudofaa vazirligi urushda qatnashgan amerikalik harbiylar haqida hech qachon ma’lumot bermagan