Bugun, Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu xabarlar keng tarqaldi.
Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib bordi.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan, hozirda FVV tomonidan ushbu holatni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ish olib bormoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlar tekshiruv yakunlangach taqdim etiladi.
Avval xabar berilganidek, bugun, Toshkent shahar Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasidagi omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatildi.
Toshkent shahar FVB Radiasion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.