Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 9,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
📊 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 mln nafarga yoki 50 % ga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan.
🌍 Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 2,8 mln nafar;
Qozog‘iston – 2,3 mln nafar;
Tojikiston – 2,2 mln nafar;
Rossiya – 851,9 ming nafar;
Afg‘oniston – 388,2 ming nafar;
Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
Xitoy – 217,7 ming nafar;
Turkiya – 148,1 ming nafar;
Hindiston – 66,1 ming nafar;
Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.