Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tumani Nayman qishlog‘idagi zovur atrofida daraxtlarning noqonuniy kesilgani va jarayon vaqtida tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga nisbatan qarshilik ko‘rsatilgani haqida videotasvirlar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Buvayda tuman hokimligi tomonidan darhol xizmat tekshiruvi tayinlandi. Hozirda hokim o‘rinbosari S. Xizirovning harakatlariga doir dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha qonunchilikka muvofiq tegishli qaror qabul qilinadi va jamoatchilikka qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.