Farg‘ona viloyatida 25 noyabr kuni Buvayda tumani hokimining o‘rinbosari S.X. Nayman zovuri atrofida daraxtlar kesilayotganini ko‘rib, bu ishni to‘xtatishga uringan Ekologiya qo‘mitasi inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatgan. U inspektorni hodisa joyidan kuch bilan olib ketgani ham bildirilgan.
Shu bois S.X. va boshqalarga nisbatan quyidagi moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi:
206-moddani 1-qismi — mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
219-moddani 2-qismi — hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish;
198-moddani 2-qismi — daraxt va o‘simliklarga zarar yetkazish kabi moddalar bilan jinoyat ishi ochildi.
Tergov boshlangan va u Bosh prokuror nazoratiga olingan.