Ruslan Stefanchuk Qrim Ukrainaning bir qismi bo‘lib qolishini va yarimorol Rossiya nazorati ostida ekan, to‘liq tinchlikka erishib bo‘lmasligini aytdi.
Shuningdek, siyosatchi Ukrainaning tinchlik muzokaralaridagi “qizil chiziqlari”ni sanab o‘tdi:
◾️ Ukrainaning bosib olingan hududlarini huquqiy jihatdan Rossiyaga tegishli deb tan olish mutlaqo mumkin emas;
◾️ Ukraina mudofaa kuchlariga nisbatan hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi shart;
◾️ Ukrainaning turli ittifoqlarga a’zolik huquqiga hech qanday veto qo‘yilmasligi zarur;
◾️ Ukraina haqida ukrainaliklarning ishtirokisiz, Yevropa haqida yevropaliklarsiz hech qanday qaror qabul qilinmasligi kerak;
◾️ Ukraina hech qachon o‘z tili, dini va milliy o‘zligidan voz kechmaydi.