Bu haqida Oq uy matbuot kotibi xabar berdi.
Kerolayn Livittning boshqa bayonotlari:
◾️ AQShning Ukrainaga doir tinchlik rejasidagi bir necha bandlar bo‘yicha kelishmovchiliklar saqlanib turibdi;
◾️ AQSh Rossiya tinchlik rejasini ma’qullashiga umid qilmoqda;
◾️ Tramp Ukrainadagi mojaroni hal etish shartlarini muhokama qilishda yetarli darajada moslashuvchanlik namoyon etmoqda;
◾️ Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar faol davom etmoqda va yangi raundlar o‘tkazilishi kutilmoqda;
◾️ Prezident Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlash imkoniyati borasida optimistik kayfiyatda;
◾️ AQSh va Ukraina delegasiyalari muzokaralari juda samarali o‘tdi;
◾️ Vashington Ukraina bo‘yicha kelishuv iloji boricha tezroq amalga oshishini istaydi. Tramp ham Putin, ham Zelenskiy bilan muzokaralar olib bormoqda;
◾️ Hozircha Tramp va Zelenskiyning uchrashuvini tashkil etish rejalashtirilmagan;
◾️ AQSh hali ham NATO'ga katta miqdorda qurollar yubormoqda yoki sotmoqda, lekin biz buni abadiy tarzda qila olmaymiz.