Bugun 8 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga noqonuniy to‘rlar olib kirilayotganligi aniqlandi

O‘zbekistonga noqonuniy to‘rlar olib kirilayotganligi aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi bilan birgalikda O‘zbekistonga chetdan kirib kelgan, baliq ovlashga mo‘ljallangan to‘rlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida to‘rlar sun’iy toladan tayyorlanganligi va o‘lchamlari belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 80-son Qaroriga ko‘ra, maxsus tamg‘alanmagan hamda vakolatli organ tomonidan hisobga olinmagan har qanday to‘rlar, yoyma to‘rlar (nakidka), ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet), changakli ovlash vositalari (astraga), elektr qarmoq, mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Hozirda tafsilotlarni aniqlash va tegishli chora ko‘rish maqsadida o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 15:23 01.04.2025. O'qildi: 788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!