Bugun 29 avgust, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga mehnat muhojirlari 2024 yil aprel–iyun oylarida qancha pul o‘tkazishdi?

O‘zbekistonga mehnat muhojirlari 2024 yil aprel–iyun oylarida qancha pul o‘tkazishdi?

O‘zbekistonga mehnat muhojirlari 2024 yil aprel–iyun oylarida $4,8 mlrd pul o‘tkazishdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,4% ko‘p.

📈 Joriy yilning birinchi yarim yilligidagi jami o‘tkazmalar $8,2 mlrd’ga yetdi — o‘sish 27%. Shulardan Rossiya yetakchi bo‘lib qolmoqda: $6,4 mlrd (umumiy hajmning 78%).

Litva, Latviya va Estoniyadan kelgan pul o‘tkazmalari ikkinchi chorakda 65,6%ga oshdi. AQSh (+10,3%), Rossiya (+23,7%) va Yevropa (+26,9%)dan kelgan pul o‘tkazmalari o‘sish sur’ati sekinlashgan. Osiyo mamlakatlaridan (+19%) kelgan mablag‘lar esa barqaror holda saqlanib qoldi.

Markaziy bank transfertlar o‘sishini valyutalar kursining barqarorligi, ish haqi o‘sishi va mehnat muhojirlari faoliyat yuritayotgan davlatlardagi yuqori iqtisodiy faollik bilan izohladi. Shu bilan birga, mehnat muhojirligi geografiyasi diversifikasiyasi ham qayd etildi.

Kiritildi: 12:04 26.08.2025. O'qildi: 605 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!