Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga kirish butunlay taqiqlandi: Tojikiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi

O‘zbekistonga kirish butunlay taqiqlandi: Tojikiston fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborildi

J.F. ismli shaxs 2021 yil dekabr oyi o‘rtalarida o‘zi yashab kelayotgan Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Panjikent shahrida joylashgan dorixonalardan biridan sotib olgan 6 dona konvalyutada jami 60 dona “Tramadol” giyohvandlik vositalarini o‘ziga tegishli qo‘l sumkasidagi kiyimlari orasiga joylashtirib, 2021 yil 10 dekabr kuni Tojikiston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti orqali kontrabanda qilish yo‘li bilan bojxona nazoratidan yashirib, deklarasiyasiz O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Ammo u “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qo‘l sumkasidagi paypoqni orasidan 6 dona konvalyutadagi jami 60 ta “Tramadol 50 mg. kapsuli” nomli giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirilib olingan.

2021 yil 29 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida mazkur jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi J.F. O‘zbekiston Respublikasi JKning 246-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, qonunchilikdagi odillik, insonparvarlik, jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga rioya qilgan holda, chet el fuqarosi ekanligi inobatga olinib, ish holatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan JKning 57-moddasi qo‘llanib, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari, ya’ni 27.000.000 so‘m jarima jazosi tayinlandi va umrbod O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi cheklangan holda deportasiya qilinib, O‘zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga chiqarib yuborildi.

Kiritildi: 14:29 14.01.2022. O'qildi: 8826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!