Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga kartoshka importida Pokiston yetakchilik qildi

O‘zbekistonga kartoshka importida Pokiston yetakchilik qildi

2025 yilning dastlabki sakkiz oyida O‘zbekiston kartoshka importini keskin oshirdi. Mamlakat asosan Pokistondan kartoshka olib kirgani ma’lum qilindi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 11 ta davlatdan jami 490,8 ming tonna kartoshka import qilgan. Bu ko‘rsatkichning qiymati 49,7 mln dollarni tashkil etgan. Import hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,1 foizga yoki 41 ming tonnaga ko‘p.

Eng ko‘p yetkazib beruvchi davlat sifatida Pokiston birinchi o‘rinni egalladi — mamlakatdan 299,4 ming tonna kartoshka keltirilgan. Bu jami importning qariyb uchdan ikki qismiga teng.

Qozog‘istondan 110 ming tonna, Afg‘onistondan 34,8 ming tonna, Qirg‘izistondan 18,1 ming tonna va Rossiyadan 15,4 ming tonna kartoshka olib kelingan. Qolgan 13,1 ming tonna mahsulot esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Statistik ma’lumotlar O‘zbekiston ichki bozorida kartoshka mahsulotiga bo‘lgan talab yuqori darajada saqlanayotganini ko‘rsatadi. Bu esa mamlakatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish va zaxira imkoniyatlarini oshirish zaruratini yana bir bor ta’kidlaydi.

Kiritildi: 14:12 05.10.2025. O'qildi: 790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!