Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

2025 yilning aprel oyida O‘zbekistonga 1 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu raqam nafaqat tarixiy natija, balki mamlakatimizda turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar, xususan, ochiqlik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash (https://t.me/uzbektourismofficial/15818) natijasi.

✅O‘zbekiston Prezidentining turizmni strategik tarmoq sifatida rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari hamda sohaga investisiyalar jalb etilishi, vizasiz rejimlarni kengaytirish, xalqaro turistik yarmarka va forumlarda faol ishtirok etish mamlakatimiz jozibadorligini yanada oshirmoqda.

✅Kelgusida ham turizm sohasini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos xizmat turlarini kengaytirish hamda ekologik va barqaror turizm yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonni jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo‘nalish sifatida mustahkamlash maqsad qilingan.

Kiritildi: 12:44 07.05.2025. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!