Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga asosan qaysi mahsulotlar import qilinmoqda?

O‘zbekistonga asosan qaysi mahsulotlar import qilinmoqda?

2025 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSh dollariga yetgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sgan.

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 foiz), sanoat tovarlari (15,9 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri keladi.

Import tarkibi quyidagicha:

  • Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 %)
  • Sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 %)
  • Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 %)
  • Xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 %)
  • Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 %)
  • Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash — 2,6 mlrd dollar (7,9 %)
  • Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 %)
  • Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 %)
  • Hayvon va o‘simliklar moylari (yog‘lari), yog‘lar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 %)
  • Ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 %)
  • Boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 %)
Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!