Bugun 11 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 10 oyda 11,6 mln nafar turist tashrif buyurdi

2026 yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 11 mln 622 ming 103 nafar fuqaro turistik maqsadlarda keldi. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan qariyb 1,9 mln nafar yoki 19,4 foiz ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, sayyohlar oqimi bo‘yicha Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallagan. Ushbu mamlakatdan 3 180 403 nafar fuqaro tashrif buyurgan.

Qozog‘istondan 2 703 401 nafar, Tojikistondan 2 553 147 nafar, Rossiyadan 1 104 057 nafar sayyoh kelgan.

Shuningdek, Afg‘onistondan 432 651 nafar, Xitoydan 430 326 nafar, Turkmanistondan 289 933 nafar, Turkiyadan 169 553 nafar fuqaro O‘zbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

TOP-10 talikdan Hindiston 64 344 nafar, Germaniya esa 50 846 nafar sayyoh bilan o‘rin olgan.

Kiritildi: 18:54 10.11.2026. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik