Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga 10 tonna qovun eksport qilindi

O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga 10 tonna qovun eksport qilindi

2025 yilning dastlabki besh oyi davomida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ikki barobarga oshdi.

O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, joriy iyul oyining birbnchi o‘n kunligida Buyuk Britaniyaga "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Toshkent–London yo‘nalishidagi aviaqatnovi orqali 10 tonna qovun yetkazib berildi. O‘zbek qovuni o‘zining betakror ta’mi bilan britaniyaliklarga katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Bundan tashqari, joriy yilda dukkakli mahsulotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar, jumladan uzum, gilos, mayiz, no‘xat, mosh va o‘rik danagi mag‘zi eksporti faollashdi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar va qayta ishlangan mahsulotlar Britaniyaning yetakchi savdo tarmoqlarida sotilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2025 yilning dastlabki besh oyi davomida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ikki barobarga oshdi.

Bu tendensiya O‘zbekistonda agrosanoat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, mahsulot sifatining xalqaro talablarga javob berishi va logistika yo‘nalishlarining takomillashib borayotganidan dalolat beradi. Shu orqali milliy mahsulotlarimiz jahon bozorlarida munosib o‘rin egallashda davom etmoqda.

Kiritildi: 16:22 13.07.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!