Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistondagi eng ko‘p ayol Samarqand viloyatida istiqomat qilar ekan

O‘zbekistondagi eng ko‘p ayol Samarqand viloyatida istiqomat qilar ekan

O‘zbekistonda 2026 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, ayollar soni 18,9 milliondan oshdi. Ayollar doimiy aholining 49,6 foizini tashkil etib, demografik tarkibning deyarli yarmini egallaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p ayol Samarqand viloyatida istiqomat qilmoqda — 2 172,4 ming nafar. Farg‘ona (2 091,2 ming nafar) va Qashqadaryo viloyatlari (1 831,6 ming nafar) keyingi o‘rinlarda qayd etilgan.

Mamlakatda eng kam ayollar Sirdaryo (471,0 ming nafar) va Navoiy viloyatida (548,7 ming nafar) yashamoqda.

Kiritildi: 22:39 09.03.2026. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!