O‘zbekistonda kuz fasli yomg‘irsiz kechayotgani va kelgusi kunlarda ham yog‘ingarchilik kutilmayotgani sababli, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi muftiy tashabbusi bilan 28 noyabr kuni juma namozidan so‘ng — barcha masjidlarda jamoat bilan ikki rakat «istisqo» namozi o‘qiladi.
Shuningdek, Umra ziyoratidagi imomlardan ham Ikki Haramda o‘z guruhlari ishtirokida «istisqo» namozini o‘qish so‘ralgan.