Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistondagi AES qurilishida 3 ming rossiyalik xodim ishlaydi, qolgani...

O‘zbekistondagi AES qurilishida 3 ming rossiyalik xodim ishlaydi, qolgani...

O‘zbekistondagi AES qurilishida 13 mingga yaqin odam ishlaydi, ularning 3 mingi rossiyalik mutaxassislar bo‘ladi.

Bu haqda "Atomstroyeksport" kompaniyasi vise-prezidenti Pavel Bezrukov ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hozirda maydonda qurilish-montaj bazasi va mutaxassislar uchun maxsus shaharcha barpo etilmoqda. Shu bilan birga, ikki reaktor bloki uchun kotlovan qazish ishlari boshlangan va zarur infratuzilma tortilyapti.

"Kichik quvvatli birinchi energoblok 2029 yil noyabr oyida ishga tushiriladi, to‘rt blokli stansiyaning so‘nggi bloki esa 2037 yil iyun oyida kafolatli foydalanishdan o‘tadi. Eng yuqori cho‘qqida maydonda 13 mingga yaqin odam ishlaydi, ulardan 3 ming nafari rossiyalik xodimlar, qolgani O‘zbekiston xodimlari," - dedi Bezrukov.

Kiritildi: 21:45 14.11.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!