Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar beshtaligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar beshtaligi ma’lum qilindi

Mamlakatdagi yashash uchun eng qulay shaharlarning kuchli beshtaligidan Toshkent shahri birinchi o‘rinda qayd etildi.

O‘zbekistonda yashash uchun eng qulay shaharlar beshtaligi ma’lum qilindi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti O‘zbekistonning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi. Uni tuzishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, barqarorlik, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishlarida jami 27 ta miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichidan foydalanilgan. Reyting respublikaning aholisi soni 40 ming kishidan ortiq bo‘lgan 30 ta shahri uchun ishlab chiqildi.

“Natijalarga ko‘ra, respublikadagi yashash uchun eng qulay shaharlarning kuchli beshtaligidan 100 balli tizimda Toshkent (79,1 ball), Urganch (76 ball), Buxoro (75,4 ball), Samarqand (70,6 ball) va Navoiy (68,1 ball) shaharlari o‘rin egalladi. Ro‘yxatning eng quyi beshtaligidan Bekobod (35,3 ball), Xonobod (35,3 ball), Yangiyer (33,5 ball), Ohangaron (32,9 ball) hamda Quvasoy (26,4 ball)shaharlari joy oldi”, — deya ma’lum qildi institut.

Reyting bo‘yicha yashash qulay bo‘lgan shaharlar o‘ntaligidagi shaharlarning barchasi viloyat markazlari hisoblanadi. Reyting pog‘onalari bo‘yicha ulardan keyingi o‘rinlarni Qo‘qon (13-o‘rin), Xiva(14-o‘rin) va Chirchiq (16-o‘rin) kabi shaharlar egalladi.

Ta’lim hamda tibbiyot yo‘nalishida Buxoro, Guliston va Urganch yetakchilik qilayotgani, infratuzilma borasida Urganch, Navoiy va Toshkent nisbatan oldinda ekani qayd etilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik bo‘yicha Toshkent, Urganch va Guliston, madaniyat va atrof-muhit yo‘nalishida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari yetakchi ekani keltirilgan.

Kiritildi: 10:27 05.12.2023. O'qildi: 1616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!