Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda yaqin 3 kunda havo sifati yomonlashishi mumkin

O‘zbekistonda yaqin 3 kunda havo sifati yomonlashishi mumkin

7 martdan boshlab O‘zbekiston hududiga sovuq antisiklon kirib kela boshlaydi. Shu sababli yaqin kunlarda atmosfera havosi sifati yomonlashishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, havo aylanishining sustligi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida to‘planib boradi. Hozirgi vaqtda kechasi +5…+7 daraja, kunduzi esa +16…+18 daraja atrofida kuzatilayotgan keskin harorat farqi ham bunday meteorologik sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.

Xususan, Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi ta’sirida qolmoqda. Ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik va deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilishi natijasida havo almashinuvi sekinlashadi va chiqindilar shahar hududida saqlanib qolishi mumkin.

Mutaxassislar bunday sharoitda avtotransport, isitish tizimlari, yoqilg‘i yoqilishi va sanoat chiqindilari tufayli havoda chang hamda mayda dispersli zarrachalar miqdori ortishi mumkinligini bildirgan.

Prognozlarga ko‘ra, ushbu vaziyat yaqin uch kun davom etishi mumkin. 10 martga kelib sovuq antisiklon mamlakat hududini to‘liq qamrab oladi va shamol tezligining oshishi hamda yog‘ingarchilik kuzatilishi hisobiga atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!