Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda yangi tuman paydo bo‘ldi

O‘zbekistonda yangi tuman paydo bo‘ldi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartiriladi.

Ushbu masala bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining dehqonchilik hududi hisoblangan Hazorasp tumani Pitnak shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun Xorazm viloyatida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish tashabbusi bilan chiqqandi.

Ko‘rib chiqilgan masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Pitnak shahrida jami 54 ming 248 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Pitnak shahri va Tuproqqal’a maskani hududlari qo‘shilganda jami 143 ming 74 gektarni tashkil etadi. 

Ta’kidlanishicha, foydalanilmayotgan yerlarda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, bog‘dorchilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida 552  gektar   yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritilib, qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi.

Kiritildi: 19:58 24.03.2020. O'qildi: 5792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!