Arxiv sohasida yangi raqamli xizmat — “Shajara” axborot tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tizim foydalanuvchilarga o‘z shaxsiy shajarasini yaratish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim haqidagi rasmiy ma’lumotlarni onlayn tarzda ko‘rish imkonini beradi.
Yangi platforma, shuningdek, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarni izlash imkonini ham taqdim etadi. Mazkur xizmat arxiv ma’lumotlariga tezkor, qulay va ishonchli kirishni ta’minlashi kutilayotgani ta’kidlanmoqda.