Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda yana samolyotlar ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda yana samolyotlar ishlab chiqarish boshlanadi

Aytilishicha, oktyabr oyidan boshlab yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish boshlanadi.

O‘zbekistonda yana samolyotlar ishlab chiqarish boshlanadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev ma’lum qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan INNOPROM ko‘rgazmasida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ va Rossiyaning "PervoYE" tajriba-konstruktorlik byurosi MCHJ o‘rtasida memorandum imzolandi.

Hujjatda SP-30 loyihasi asosida fuqarolik tipidagi boshqariladigan va uchuvchisiz samolyotlarni ishlab chiqarishni joylashtirish nazarda tutilgan. Aytilishicha, oktyabr oyidan boshlab yiliga 100 ta samolyot ishlab chiqarish boshlanadi.

“Loyihaning umumiy qiymati uchinchi yilda 100 ta mashina ishlab chiqarish rejalaridan kelib chiqib, 3 yil davomida 30 million dollarga baholanmoqda. Birinchi samolyot 2025 yil oktyabr oyida chiqarilishi rejalashtirilgan”, — dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga “Navoiy” EIZ direktori Xabib Abdullayev.

Qayd etilishicha, o‘zining yengil samolyotlar va samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlarini yaratish O‘zbekistonga o‘zining aviasiya sanoatiga ega davlatlar qatoriga qaytish imkonini beradi.

Ishlab chiqarish O‘zbekistonning ichki ehtiyojlarini qondirishga, shuningdek, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga yo‘naltirilgan.

Ma’lumot uchun, SP-30 butunlay metalldan yasalgan, ikki o‘rindiqli samolyot bo‘lib, u allaqachon Rossiyada eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil samolyotga aylandi.

Kiritildi: 05:52 02.05.2025. O'qildi: 1061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!